Vaşingtondan ayblov, Pxenyandan raketa namoyişi
Şimoliy Koreya kripto valyuta bozoridagi yirik öğirlikka aloqadorlik haqidagi ayblovini keskin inkor etdi. Gap “Binance” birjasidan 5,3 milliard yevro atrofida mablağ öğirlanişi haqida. AQŞ Federal qidiruv byurosi hujum ortida Pxenyan bilan boğliq “Trader Traitor” xakerlar guruhi turganini maʼlum qilgan edi. KXDR rahbari Kim Çen Inning singlisi Kim Yo Çjon bu daʼvoni “jiddiy siyosiy iğvo” deb atadi.
Kiber hujum atrofidagi bahs avj olayotgan bir payt Pxenyan strategik qanotli raketasini sinovdan ötkazdi. Koreya markaziy axborot agentligi xabar berişiça, mazkur raketalar klaster jangovar qismi bilan jihozlangan bölib, 5-6 gektar maydondagi nişonni yöq qiliş qobiliyatiga ega. Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myon sunʼiy intellekt rivoji kiber tahdidni kuçaytirayotganidan ogohlantirib, raqamli infratuzilma himoyasini mustahkamlaşga çaqirdi.
BMTning 2024-yilgi hisobotiga Koreya Xalq Demokratik Respublikasi kiber hujumdan kelayotgan mablağni ommaviy qirğin qurollari işlab çiqişga sarflayotgani haqida maʼlumot kiritilgan. Harbiy tahlilçilar bu galgi sinovni ham mintaqadagi kuçlar muvozanati nuqtai nazaridan baholamoqda. Ularning fikriça, bunday qurollar Janubiy Koreya va AQŞ aerodrom va radarlari hamda havo mudofaasi manzillariga xatar tuğdiradi. Pxenyan esa raketalarni yadroviy qurol qöllanişidan oldingi bosqiçda qöşimça tiyib turiş vositasi sifatida körsatyapti.
Musulmon Ziyo, ÖzA