Ronaldu O'zbekistonga qarshi o‘yindan so‘ng futbolkasini Dalotga berdi
Uchrashuvda dubl muallifiga aylangan Ronaldu bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Krishtianu Ronaldu JCH–2026 guruh bosqichining ikkinchi turida O‘zbekiston ustidan qozonilgan 5:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng raqib futbolchilari bilan futbolka almashmadi.
Uchrashuvda dubl muallifiga aylangan Ronaldu bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O‘yin yakunlangach, portugaliyalik hujumchi o‘z futbolkasini zaxira o‘rindig‘ida qolgan Diogu Dalotga topshirdi. Shuningdek, jamoa sardori taqib yurgan bog‘ich ham Dalotga berildi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya milliy terma jamoasi ikki turdan so‘ng 4 ochko bilan K guruhi peshqadami bo‘lib turibdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa ochkosiz holda guruhning so‘nggi pog‘onasidan joy olgan.
Guruh bosqichining uchinchi turida Portugaliya Kolumbiya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O‘zbekiston esa Kongo Demokratik Respublikasi milliy terma jamoasi bilan kuch sinashadi.