FIFA paragaylik sharhlovchining akkreditatsiyasini bekor qildi
Bundan tashqari, ABC ham Verani jahon chempionatiga bag‘ishlangan barcha dasturlardan chetlatdi.
FIFA paragaylik sport sharhlovchisi Xorxe Veraning akkreditatsiyasini bekor qildi. Bunga uning JCH–2026 doirasidagi Paragvay va Turkiya uchrashuvi vaqtida aytgan keskin fikrlari sabab bo‘ldi.
20-iyun kuni Paragvay milliy terma jamoasi Turkiya milliy terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Birinchi bo‘lim oxirlarida paragaylik futbolchi Migel Almiron qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Hakam Ivan Barton futbolchining qo‘li bilan og‘zini yopgan holda raqibga murojaat qilganini qoidabuzarlik sifatida baholagan.
Mazkur qarordan norozi bo‘lgan Vera jonli efirda FIFA va hakamlar qarorlarini keskin tanqid qildi. Oradan ko‘p o‘tmay u aytgan gaplari uchun uzr so‘radi.
Shunga qaramay, FIFA sharhlovchining akkreditatsiyasini bekor qildi. Bundan tashqari, ABC ham Verani jahon chempionatiga bag‘ishlangan barcha dasturlardan chetlatdi.