Ronaldu Neymarning Braziliya terma jamoasiga chaqirilmagani haqida gapirdi
Krishtianu Ronaldu Neymarning Jahon chempionatida Braziliyaga yordam bera olishini aytdi.
Neymar Braziliya terma jamoasining mart oyidagi FIFA kunlari doirasidagi Fransiya hamda Xorvatiyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibga chaqirilmagan edi.
Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu Neymarning Jahon chempionatida Braziliyaga yordam bera olishini aytdi.
"U barcha o‘yinlarda to‘liq 90 daqiqa o‘ynab jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin, ammo u texnik tomondan va jamoaga yetakchilik-ruhini bera oladi. Neymar qayerda o‘ynagan-bo‘lsa, o‘sha joyda o‘z nomini va qudratini ko‘rsatib, nimalarga qodir ekanini isbotlab kelmoqda", - dedi 41 yoshli hujumchi.
Neymar joriy mavsumda "Santos" safida 5ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.