Ronaldo JCh-2026 finali haqida: Ispaniya osongina g‘alaba qozonadi
Ushbu uchrashuv bugun, 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo Jahon chempionati–2026 finali doirasidagi Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi uchrashuv uchun o‘z taxminini bildirdi.
"Ispaniya g‘alaba qozonadi, boz ustiga osongina. Ular boshidanoq Fransiya bilan bir qatorda turnir fazoriti edilar.
Ispaniya ajoyib futbol namoyish etmoqda. Bu ularning DNKsida bor. Ular bolalikdanoq, ko‘p yillardan beri shunday o‘yin ko‘rsatib kelishmoqda", — deya Ronaldoning so‘zlarini keltiradi OAV.
Ushbu uchrashuv bugun, 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.