Toshkent derbisida minimal g‘alaba: «Paxtakor» «Bunyodkor»ni taslim etdi
Qiziqarli kechgan Toshkent derbisida «sherlar» minimal 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Superliga 14-turining ochilish uchrashuvida «Paxtakor» va «Bunyodkor» jamoalari o‘zaro raqobatlashdi. Qiziqarli kechgan Toshkent derbisida «sherlar» minimal 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘yindagi yagona va hal qiluvchi gol ikkinchi bo‘lib boshida – 49-daqiqada Doston Hamdamov tomonidan kiritildi va bu «Paxtakor»ga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Paxtakor» o‘z ochkolarini 33 taga yetkazib, turnir jadvalida 2-pog‘onani band etib turibdi. «Bunyodkor» esa 19 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rinda qoldi.