Rodrigo de Paul: Messini doim rag‘batlantiraman va ruhlantiraman
Turnirga eng yaxshi holatda yetib borish uchun jismoniy tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratganmiz.
Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" klubi yarim himoyachisi Rodrigo de Paul jamoadoshi Lionel Messi haqida gapirdi.
"Messi bilan jahon chempionatiga ideal sport formasida borish uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazyapmiz. Kichkina filmdek ko‘rish uchun bularning barchasini yozib olaman. Biroq bu narsa unga yoqmaydi, men esa unga "Bolakay, balki bu bizga yordam berar va biz kichik hujjatli film suratga olarmiz" deyman. Men uni doimo rag‘batlantiraman va ruhlantiraman. Turnirga eng yaxshi holatda yetib borish uchun jismoniy tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratganmiz. Bu qo‘shimcha mashg‘ulotlarni klubdan tashqari holatda amalga oshiramiz", - dedi xavbek.
Argentina terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Jazoyir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.