Pulishich: “AQSh terma jamoasi katta natijalarga erisha oladi”
AQSh milliy terma jamoasi dastlabki ikki uchrashuvda 6 ochko jamg‘arib, muddatidan avval pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Kristian Pulishich o‘z terma jamoasining uyda o‘tayotgan JCH–2026dagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.
Amerikalik futbolchining ta’kidlashicha, jamoa turnirda uzoqqa borish uchun faqat omadga tayanmaydi va buning uchun yetarli salohiyatga ega.
“Men doim jamoamizga ishonaman. Biz turnirda faqat mo‘jiza tufayli uzoqqa bora olamiz, deb o‘ylamayman. Hozir juda yaxshi jamoamiz bor. Katta natijalarga erishishimiz mumkin. Bunga ishonishimiz kerak”, — dedi Pulishich.
AQSh milliy terma jamoasi dastlabki ikki uchrashuvda 6 ochko jamg‘arib, muddatidan avval pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Guruh bosqichining so‘nggi turida Maurisio Pochettino shogirdlari Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.