Rodri futbol tarixida bu ishni uddalagan 4-futbolchiga aylandi
Rodri ushbu turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Rodri JCh-2026dagi g'alabadan so'ng qo'lga kiritgan sovrinlar to'plami bilan futbol tarixiga kirdi.
Ispaniyaliklar jahon chempionatining final uchrashuvida Argentinani (1:0) mag'lub etishdi. Rodri ushbu turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ispaniyalik yarimhimoyachi futbol tarixida jahon chempionati, Yevropa chempionati, Chempionlar ligasi (yoki Yevropa chempionlari kubogi) va "Oltin top"ni qo'lga kiritgan 4-futbolchiga aylandi.
Bunga qadar ushbu natijaga faqat germaniyalik Gerd Myuller va Frans Bekkenbauer hamda fransiyalik Zinedin Zidan erishgan edi.