O‘zbekiston U-17 Urugvay bilan nazorat bahsida yirik hisobda mag'lub bo'ldi
Urugvayga qarshi bahsdan keyin O‘zbekiston o‘smirlarini yana bir kuchli raqib kutmoqda.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonini Ispaniyada davom ettirmoqda. Albir shahrida yig‘in olib borayotgan yosh futbolchilarimiz navbatdagi sinovini Urugvayga qarshi o‘tkazdi.
Sergey Chigodayev boshqaruvidagi jamoa Janubiy Amerikaning kuchli futbol maktabi vakillariga qarshi bahsda 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Murabbiylar shtabi uchrashuv davomida tarkibda ko‘plab o‘zgarishlarni amalga oshirib, yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Dastlabki daqiqalardan Shomurodov, Olimov, Mamatov, Erkinov, Ravshanov, Anvarov, Orifxonov, Abdunabiyev, Uktamboyev, Abduraimov va Rahimov maydonda harakat qildi.
Keyinchalik Sirojiddinov, Abdisoliyev, Abdullayev, Tohirov, Murodov, Eshpo‘latov, O‘ktamov, Marupov, Tolibjonov va Xayrullayev ham o‘yinga qo‘shildi.
Urugvayga qarshi bahsdan keyin O‘zbekiston o‘smirlarini yana bir kuchli raqib kutmoqda. Chigodayev jamoasi 27-avgust kuni Ispaniya U-17 terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Urugvay U-17 — O‘zbekiston U-17 — 3:0