Reanimatsiya eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi (video)
Beş kunlik çaqaloq. U hayotining ilk kunlaridayoq nafas yetişmovçiligi bilan yuzma-yuz keldi. Şifokorlarning saʼy-harakatlari va maxsus tibbiy apparatlar yordamida uning nafas olişi tiklandi. Bugun esa u mustaqil nafas olmoqda, ona suti bilan oziqlanmoqda. Bu — çaqaloqlar reanimatsiyasida har bir daqiqa, har bir muolaja va har bir tibbiy qaror naqadar muhim ekanining birgina misoli.
Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati hududiy filialining çaqaloqlar reanimatsiyasi bölimida ana şunday murakkab holatlarda tibbiy yordam körsatiladi. Bu yerda muddatidan oldin tuğilgan, nafas yetişmovçiligi va turli tuğma patologiyalar bilan dunyoga kelgan gödaklar hayotini saqlab qoliş uçun kuraş olib boriladi.
— Bölimimizda uç nafar oliy toifali şifokor va 30 nafardan ortiq tibbiyot hamşirasi faoliyat yuritadi. Muddatidan oldin tuğilgan, tuğruq jarayonida oğir asfiksiya holati kuzatilgan hamda turli patologiyalar bilan dunyoga kelgan çaqaloqlarga malakali tibbiy yordam körsatamiz. Bölimimiz Osiyo taraqqiyot banki hamda «Işonç-2030» loyihasi doirasida jahon standartlariga mos zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan, — deydi çaqaloqlar reanimatsiyasi bölimi mudiri Nazokat Davlatova.
[gallery-32705]
12 öringa möljallangan bölimda çaqaloqlarning hayotiy körsatkiçlarini uzluksiz nazorat qiliş, nafas olişini qöllab-quvvatlaş va zarur davolaş muolajalarini amalga oşiriş uçun şaroit yaratilgan.
Inkubatorlar, ayniqsa, muddatidan oldin tuğilgan gödaklar uçun zarur harorat va parvariş muhitini taʼminlaydi. Monitorlar çaqaloqning yurak urişi, nafas olişi va boşqa hayotiy körsatkiçlarini uzluksiz kuzatiş uçun qöllaniladi.
— Inkubatorlar muddatidan oldin tuğilgan çaqaloqlar uçun juda muhim. Ular bola organizmi uçun zarur haroratni saqlaş va uning parvarişini töğri taşkil etişga yordam beradi. Monitorlar orqali esa çaqaloqning yurak urişi, nafas olişi va boşqa hayotiy körsatkiçlarini muntazam kuzatib boramiz, — deydi Nazokat Davlatova.
Bölim elektron tarozilar, elektroaspiratorlar va fototerapiya apparatlari bilan ham jihozlangan. Çaqaloqlarda giperbilirubinemiya, yaʼni qonda bilirubin miqdorining oşişi kuzatilganda fototerapiya uskunalaridan foydalaniladi.
Zamonaviy tibbiy imkoniyatlar köp funksiyali neonatal karavot misolida ham yaqqol namoyon böladi. Uşbu uskuna çaqaloqning tana haroratini meʼyorda saqlaş, sariqlik holatida fototerapiya ötkaziş va zarurat tuğilganda nafas olişini qöllab-quvvatlaş imkonini beradi.
— Köp funksiyali neonatal karavot bir vaqtning özida çaqaloqni isitiş va sariqlik holatida fototerapiya ötkaziş imkoniyatiga ega. Şuningdek, zarurat tuğilganda sunʼiy nafas beriş, elektroaspirator yordamida yuqori nafas yöllarini tozalaş kabi muolajalarni bajarişda ham qöl keladi, — deydi bölim mudiri.
Bölimning moddiy-texnik imkoniyatlari avvalgi yillarga nisbatan sezilarli darajada yaxşilangan. Zamonaviy apparatlar çaqaloqlar ahvolini doimiy nazorat qiliş, zarur muolajalarni öz vaqtida ötkaziş va davolaş jarayonini samarali taşkil etişda muhim örin tutadi.
— Bundan beş-olti yil avval apparatlarimiz bugungidek yetarli emas edi. Bu albatta, çaqaloqlarga samarali tibbiy yordam körsatişda muayyan qiyinçiliklar tuğdirardi. Hozir esa zamonaviy uskunalar bilan taʼminlanganmiz. Ularning soz holatda saqlanişi, zarurat tuğilganda almaştirilişi va samarali işlatilişi uçun ham imkoniyatlarimiz ança yaxşilangan, — deydi Nazokat Davlatova.
Bölim mutaxassislarining taʼkidlaşiça, muddatidan oldin tuğilişga turli tibbiy omillar sabab bölişi mumkin. Jumladan, onaning ekstragenital kasalliklari, oğir darajadagi preeklampsiya, yöldoşning muddatidan oldin köçişi va ayrim infeksion kasalliklar şular jumlasidandir. Şu bois homiladorlik davrida onaning salomatligini muntazam nazorat qiliş, mavjud kasalliklarni öz vaqtida aniqlaş va davolaş muhim ahamiyatga ega.
Bir söz bilan aytganda, çaqaloqlar reanimatsiyasi — hayot uçun kuraşning eng masʼuliyatli manzillaridan biri. Bu yerda zamonaviy tibbiy texnologiyalar, şifokorlarning tajribasi va hamşiralarning fidokorona mehnati yagona maqsad — yangi tuğilgan gödaklar hayotini asrab qoliş va ularning salomatligini tiklaş yölida birlaşadi.
Har bir soğlom nafas — bir oila baxti, har bir asrab qolingan hayot esa kelajakka berilgan umiddir. Bu haqiqatni bölimda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari har kuni öz mehnati orqali namoyon etmoqda.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat va video)