“Real” va “PSJ” Ronalduni sotib olishdan bosh tortdi
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi, portugaliyalik Krishtianu Ronalduning kelgusida qaysi jamoada to‘p surishi hamon mavhumligicha qolmoqda.
Ronaldu o‘zining taniqli agenti Jorje Mendesh orqali “Yuventus”dan boshqa jamoaga o‘tishni taklif qilgan. Futbolchining agenti esa uni “Manchester Siti”ga taklif qildi. Shuningdek, Mendesh portugaliyalik yulduzni “Manchester Yunayted”, “Real” va “PSJ”ga o‘tishi uchun harakat qilgan, biroq bu jamoalar Ronalduni olishga qiziqish bildirmagan.
“Yuventus” rahbariyati ham yiliga 31 million yevro maosh olayotgan Ronalduni 30 million yevroga qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA