“Rassom ustaxonasi” Jasvant Annazarov (+video)
Jasvant Annazarov ijodida tabiat va inson uyg‘unligi alohida o‘rin tutadi. Bugun u nafaqat haykaltaroshlik asarlari, balki yurtimizda barpo etilayotgan zamonaviy shaharlar, yangi turar joylar va jamoat binolarining qiyofasini boyitishga qaratilgan yangi loyihalar ustida ham ish olib bormoqda. Dekorativ va dizayn toshlaridan foydalangan holda muhitga o‘ziga xos nafosat bag‘ishlash — uning ijodiy izlanishlaridan biridir.
Ijodkorning maqsadi — go‘zallik yaratish bilangina cheklanmaydi. U inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, atrof-muhitni asrash va kelajak avlodlar uchun sog‘lom hayot muhitini qoldirish g‘oyalarini ham ilgari suradi.
Zero, rassom va haykaltaroshlar nafaqat bugungi kunni tasvirlaydi, balki ertangi kun qiyofasini ham tasavvur qiladi. Ularning ilg‘or g‘oyalari jamiyatning ma’naviy va estetik rivojiga turtki beradi. Jasvant Annazarovning ijodiy qarashlarida ham ana shu kelajakka intilish, yangilik yaratish va go‘zallik orqali inson tafakkuriga ta’sir ko‘rsatish maqsadi mujassam.
Munira Ramazonova,
Iskandar Ismatov, O‘zA