Raqamli taraqqiyot sari Özbekiston qanday natijalar bilan odimlayapti?
Yaqin vaqtgaça Özbekistonda raqamlaştiriş jarayoni alohida loyihalar majmuasi sifatida namoyon bölgan bölsa, bugungi kunda u davlat siyosatining tizimli yönalişiga aylanmoqda.
Raqamli transformatsiya davlat boşqaruvi yondaşuvlarini, eksport tarkibini va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini izçil özgartirmoqda.
Bu boradagi muhim qadamlar sifatida, davlatimiz rahbarining 2020-yil 5-oktabrdagi tegişli farmoni bilan “Raqamli Özbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlangan edi. Uşbu izçil islohotlarning mantiqiy davomi sifatida 2024-yil oktabr oyida 2030-yilgaça sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş strategiyasi, 2026-yil 10-martda esa yangi Kiberxavfsizlik strategiyasi qabul qilindi.
2026-yilning avgust oyida esa Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi töğrisidagi qonun qabul qilinib, xorijiy kompaniyalar va investitsiyalarni jalb etiş uçun huquqiy asoslar yaratildi.
Raqamlaştirişning eng sezilarli natijalari fuqarolarning kundalik hayotida namoyon bölmoqda. Bugungi kunda mamlakatda internet qamrovi 99,5 foizga, undan foydalanuvçilar uluşi esa 94,2 foizga yetgan. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 905 turdagi xizmat körsatilmoqda, uning foydalanuvçilari soni 16,8 million kişini taşkil etmoqda.
Xalqaro baholaşlar ham ijobiy dinamikani tasdiqlaydi. BMTning Elektron hukumatni rivojlantiriş reytingida Özbekiston 2020-yilda 87-örinni egallagan bölsa, 2022-yilda 69-öringa, 2024-yilda esa 0,7999 indeks körsatkiçi bilan 63-öringa kötarildi. Şu tariqa mamlakat ilk bor elektron hukumat rivojlanişining “juda yuqori” darajasiga ega davlatlar guruhidan joy oldi. Eʼtiborlisi, erişilgan natija strategiyada 2025-yil uçun belgilangan 0,75 maqsadli körsatkiçdan ham yuqori böldi.
Aytiş joizki, raqamlaştiriş nafaqat texnologik infratuzilmani rivojlantirmoqda, balki mamlakat uçun valyuta tuşumlarining yangi manbasini ham şakllantirmoqda. IT Park rezidentlari soni 2 800 nafardan oşdi, ularning 752 tasi xorijiy kompaniyalar bölib, 90 dan ortiq mamlakatga xizmatlar eksport qilmoqda.
Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari eksporti 545,3 million dollarni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 12,8 foizga oşdi. Şu davrda IT Park iştirokçilari tomonidan eksport qilingan xizmatlar hajmi 392,5 million dollarga yetdi. Bu körsatkiç bir yil avvalgi davrga nisbatan 90,3 million dollarga köpdir.
Raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi içki mahsulotidagi hissasi ham ortib bormoqda. 2026-yilning birinçi yarim yilligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlarning YAIMdagi uluşi 2,9 foizni taşkil etdi. Taqqoslaş uçun, bu körsatkiç 2025-yilning mos davrida 2,8 foiz, 2024-yilda esa 2,4 foiz bölgan. Sohada yaratilgan yalpi qöşilgan qiymat 30,3 trillion sömga yetdi. Uning 53,6 foizi kompyuter dasturlaştiriş, maslahat beriş va unga yondoş xizmatlar hissasiga töğri keladi.
Bu körsatkiçlar mamlakatda raqamli iqtisodiyotning oddiy telekommunikatsiya infratuzilmasidan dasturiy taʼminot, kompyuter dasturlaştiriş va intellektual xizmatlarga asoslangan yanada murakkab iqtisodiy modelga ötayotganini körsatadi.
Erişilgan natijalar bilan bir qatorda hal etilişi lozim bölgan muammolar ham mavjud. “Özbekiston – 2030” strategiyasida mamlakatning BMT elektron hukumat reytingida dunyoning eng ilğor 30 ta davlati qatoriga kirişi maqsad qilingan. Hozirgi 63-örin esa bu borada hali katta masofa bosib ötilişi kerakligini körsatadi.
Muammoli yönalişlardan biri – fuqarolarning raqamli xizmatlardan foydalanişdagi faolligi va iştiroki. Jahon bankining 2022-yildagi baholaşiga köra, raqamli iştirok indeksida Özbekiston 82-örinni egallagan. Demak, natijaga erişişda faqat onlayn xizmatlar sonini köpaytiriş emas, balki ularning fuqarolar uçun qançalik qulay, tuşunarli va ommabop ekanini taʼminlaş ham muhim ahamiyatga ega.
Yana bir muhim vazifa – raqamli transformatsiyani AT sohasi doirasidan taşqariga olib çiqişdir. Eng katta iqtisodiy samara raqamli yeçimlarni anʼanaviy tarmoqlarga – qişloq xöjaligi, energetika, suv xöjaligi, logistika va moliya sohalariga keng joriy etiş orqali taʼminlanişi mumkin. Bunda sunʼiy yöldoş monitoringi, aqlli tarmoqlar, sanoat interneti va raqamli platformalardan foydalaniş alohida ahamiyat kasb etadi. Şu bilan birga, maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlaş, axborot tizimlarining özaro muvofiqligini kuçaytiriş va milliy kadrlar salohiyatini rivojlantirişga ham eʼtibor qaratiş zarur.
Raqamli transformatsiyaning navbatdagi bosqiçida asosiy eʼtibor jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmidan köra, ularning iqtisodiyotga keltirayotgan texnologik va iqtisodiy samarasiga qaratilişi lozim. Bunda mamlakat içida qanday yangi texnologiyalar, bilim va kompetensiyalar şakllanayotgani, yuqori malakali iş örinlari yaratilayotgani hamda mahalliy kompaniyalarning xalqaro bozorlarga çiqiş imkoniyatlari kengayayotgani muhim mezon bölişi kerak.
Uşbu bosqiçning ustuvor yönalişlari sifatida maʼlumotlarni qayta işlaş markazlari va bulutli infratuzilmani rivojlantiriş, sunʼiy intellekt sohasida ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini taşkil etiş, raqamli savdo va logistika platformalarini kengaytirişni keltiriş mumkin. Şuningdek, muhandislar va dasturçilar tayyorlaş tizimini takomillaştirişni körsatiş mumkin.
Raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotga taʼsirini faqat AT sohasi eksporti yoki korxonalar soni bilan baholaş yetarli emas. Ularning sanoat va qişloq xöjaligidagi mehnat unumdorligini oşiriş, işlab çiqariş xarajatlarini kamaytiriş, davlat xizmatlari samaradorligini yaxşilaş va yangi iqtisodiy qiymat yaratişdagi hissasi ham muhim ahamiyatga ega.
Sönggi olti yil davomida Özbekiston alohida raqamli loyihalardan ölçanadigan natijalarga ega yaxlit raqamli ekotizimni şakllantiriş sari sezilarli qadam taşladi. Davlat xizmatlari kölami kengaymoqda, AT xizmatlari eksporti rivojlanmoqda, raqamli sektorning YAIMdagi uluşi ortmoqda va mamlakatning xalqaro reytinglardagi pozitsiyasi yaxşilanmoqda.
Endilikdagi asosiy vazifa – raqamli texnologiyalarning iqtisodiy samarasini nafaqat AT sohasida, balki iqtisodiyotning barça tarmoqlarida taʼminlaşdir. Aynan şu jarayon Özbekistonning Markaziy Osiyoda raqamli yeçimlar va texnologik xizmatlar böyiça mintaqaviy markazga aylaniş istiqbolini belgilab beradi.
Jamşid ŞARIPOV,
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
bölim boşliği.
ÖzA