Qurilişda davlat nazorati — sifat va xavfsizlik kafolati
Farğona viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş hududiy inspeksiyasi tomonidan bunyodkorlik işlarining sifati va xavfsizligini taʼminlaş, sohada qonunçilik talablariga rioya etilişi ustidan davlat nazoratini kuçaytiriş borasida tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Joriy yilning ötgan davrida inspeksiya nazoratiga 2 082 ta quriliş obʼekti biriktirilgan. Mutaxassislar tomonidan ötkazilgan monitoringlar davomida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, quriliş-montaj işlarining belgilangan meʼyor va talablar asosida olib borilişini taʼminlaş yuzasidan masʼullarga 14,6 mingdan ortiq yozma körsatma berildi.
Şuningdek, sohada yöl qöyilgan huquqbuzarliklar uçun jismoniy va yuridik şaxslarga nisbatan 348 ta holat böyiça jami 16 milliard 698 million söm miqdorida maʼmuriy jarimalar qöllanildi. Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan tegişli mutasaddi idoralarga 441 ta taqdimnoma kiritildi.
Davlat nazoratining samaradorligi va şaffofligini oşiriş maqsadida 44 nafar malakali inspektor bodikamera hamda maxsus planşetlar bilan taʼminlandi. Uşbu texnik vositalar nazorat tadbirlarini xolis va oşkora ötkaziş, jarayonlarni qayd etiş hamda aniqlangan kamçiliklarni öz vaqtida rasmiylaştiriş imkonini bermoqda.
Sohada raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş, hujjatlar aylanişini soddalaştiriş va ortiqça byurokratik tartib-taomillarni qisqartirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 4-iyundagi «Quriliş sohasida natijaga asoslangan boşqaruvni joriy etiş hamda sohada davlat xizmatlarini soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni ijrosi doirasida viloyatdagi 1 616 ta quriliş subʼekti yuritişi şart bölgan ijro hujjatlari raqamlaştirildi.
Endilikda mazkur hujjatlarni qoğoz şaklida talab qiliş tartibi bekor qilinib, ularni yuritiş töliq elektron şaklga ötkazildi. Bu, öz navbatida, quriliş jarayonlarida ortiqça qoğozbozlikka barham beriş, hujjatlar bilan işlaşni yengillaştiriş, vaqtni tejaş va nazorat tizimi samaradorligini yanada oşirişga xizmat qilmoqda.
[gallery-32649]
Amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar quriliş obʼektlarida belgilangan talablarga rioya etilişini taʼminlaş, iş sifati ustidan nazoratni kuçaytiriş hamda sohada masʼuliyat va ijro intizomini mustahkamlaşga qaratilgan.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA