Qumqo‘rg‘onda aholi murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari Sirojiddin Abdullayev ishtirokida aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolarning nogironlik guruhini belgilash, nafaqa tayinlash, tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yo‘llanma berish, davolanish uchun moddiy yordam ajratish hamda ishga joylashtirishga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.
[gallery-30669]
Ommaviy qabulda 50 ga yaqin murojaat muhokama qilinib, har biri yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA