Qrimda avtobus bilan yuz bergan YTHda besh kishi halok boʻldi
Qrimning Pervomayskiy tumanida avtobus va avtomashina ishtirokida YTH oqibatida besh kishi halok boʻldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”
Qrimning Pervomayskiy tumanida avtobus va avtomashina ishtirokida YTH oqibatida besh kishi halok boʻldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, avtomobil VAZ-2110 qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketishi natijasida avtobus bilan toʻqnashib ketgan. Natijada besh kishi halok boʻldi”, deyiladi xabarda.
Hududdagi favqulotda xizmatining aytishicha, hodisa Pervomayskiy tumanidagi Kashtanovka qishlogʻi hududida yuz bergan.
Voqea sodir boʻlgan joyda tekshirish ishlari olib borilyapti hamda jabrlanganlarga yordam koʻrsatilmoqda.