Qozog‘istonda grafiti taqiqlanadi
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Ostona meriga jamoat binolari devorini “grafiti" deb ataladigan chizma bilan buzishga urinayotgan shaxslarga nisbatan qat’iy chora ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab shahar makonini buzadigan bu san’at turi vandalizm, bezorilik deya baholanishi lozim.
Toqayev Qozog‘iston shaharlarida grafiti amaliyotining oldini olish zarurligini ta’kidlab, bunday “ijod”ga qarshi qonunchilik doirasida tartibga solish chorasi ko‘rilishi kerakligini ta’kidladi.
S.Rahimov, O‘zA