“Qosim Shayx” majmuasi haqida 7 fakt
FOTOFAKT
Navoiy viloyati Karmana shahridagi nodir me’moriy yodgorlik – “Qosim Shayx” majmuasi 500 yillik tarixga ega bo‘lib, u tumandagi Xo‘ja Xisrav MFY hududida joylashgan.
Mazkur inshoot tarixiy shaxs nomi bilan bog‘liq. Ushbu shaxs Yassaviya So‘fiylik tariqatining shu yerlik yetakchisi, shayx Xudododi Valining shogirdi, o‘rta Osiyoda nom qozongan diniy-siyosiy arbob Qosim Shayx Azizon Karminagiydir.
[gallery-6193]
bugungi kunda Qosim Shayx maqbarasi 2000 ta artefaktni o‘zida mujassamlashtirgan muzey, ma’raka-marosimlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan ehsonxona, masjid imomi turargohi va mevali bog‘ni o‘z ichiga qamrab olgan.
Masjidning markaziy kirish qismi mukammal tarzda ishlangan arka va arab tilida yozilgan yozuvlardan iborat. Masjidning ichki devorlari, ustunlari oq rangda bo‘lib, o‘yma naqshli ganchlardan iborat.
Siroj ASLONOV (surat),O‘zA