Qönğirotda harbiy-vatanparvarlik festivali ötkazildi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Qönğirot tumanida yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularda milliy armiyamizga nisbatan faxr va iftixor tuyğularini mustahkamlaş maqsadida harbiy-vatanparvarlik festivali taşkil etildi.
Şimoli-ğarbiy harbiy okrug hamda Qönğirot tumani «Jasliq» şaharça fuqarolar yiğinining mahalla yettiligi hamkorligida ötkazilgan tadbirda harbiy orkestr, faxriy qorovul jamoasi va qöl jangi ustalari iştirok etdi.
«Xalq bilan armiya — bir tanu bir jon» şiorsi ostida taşkil etilgan festival aholi, ayniqsa, yoşlarda katta qiziqiş uyğotdi.
Tadbir davomida iştirokçilarga mamlakatimiz Qurolli Kuçlarining şakllanişi va rivojlaniş bosqiçlari, harbiy xizmatçilar uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar, Vatan himoyaçisi bölişning şarafi va masʼuliyati haqida maʼlumot berildi.
Festivalning badiiy-körgazmali dasturi ham qiziqarli çiqişlarga boy böldi. Harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qöşiqlar, faxriy qorovul jamoasining namunali saf çiqişlari hamda qöl jangi ustalarining mahorat namoyişlari yiğilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Ayniqsa, harbiy xizmatçilarning jangovar tayyorgarlik elementlari, çaqqonlik va mahoratni namoyon etuvçi körgazmali çiqişlari yoşlar eʼtiborini tortdi.
[gallery-32302]
Mazkur festival aholi va harbiy xizmatçilar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, yoşlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş hamda ularning harbiy xizmatga bölgan qiziqişini oşirişga xizmat qildi.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), ÖzA