Olovda xazon, havoda zahar: bu odat qaçon tugaydi?
Kuzning salqin tongidan bahra oliş uçun derazamni oçdim. Dimoğimga aççiq tutun hidi urildi. Kimdir hovlida töplanib qolgan xazonlar, ariq böyidagi quruq şox-şabbalarga gugurt çaqqan. Bir qaraşda oddiy manzara. Göyoki xazonni yoqiş — kuzgi tozalikning bir qismi. Aslida buning ortida havoning ifloslanişi, inson salomatligiga zarar va tuproq unumdorligining pasayişi kabi jiddiy oqibatlar yaşirin.
Daraxtlarni asraş haqida bejizga bong urilmayapti. Maʼlumotlarga asosan bittagina daraxt bir mavsumning özida bir yilda ön kişining isteʼmoliga yetarli bölgan kislorod işlab çiqarar ekan. Şunday ekan, bir gektar daraxtzor 220-280 kg. karbonat angidrid yutadi va 180-220 kg. kislorod çikaradi. Bundan taşqari daraxtzorlar havodagi çang miqdorini kamaytiradi va şovqinni pasaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi dala maydonlarida anğiz, xazon, şox-şabba va boşqa ösimlik qoldiqlarini yoqmaslik borasida yana bir bor ogohlantirdi. Soha vakillarining sözlariga köra, ösimlik qoldiqlari yoqilganda atmosferaga uglerod oksidi, azot oksidlari, azot dioksidi, benz(a)piren, dioksinlar, dibenzofuran, oltingugurt oksidlari va boşqa zararli birikmalar ajralib çiqadi. Bular inson salomatligi va atrof-muhitga jiddiy xavf tuğdirişi mumkin. Olovning yuqori harorati tuproq tarkibidagi makro va mikroelementlarga zarar yetkazadi, unumdorlikni pasaytiradi. Yaʼni dehqon yerdan hosil oliş uçun yil böyi mehnat qiladi, ammo mavsum oxirida anğizga öt qöyib, özi yetiştirgan yerning tabiiy imkoniyatlariga putur yetkazişi mumkin. Ayniqsa, nafas yöllari sezgir bölgan bolalar, keksalar va surunkali kasalliklari bor insonlar uçun bunday tutun xavfli. Bir hovlida yoqilgan xazonning tutuni faqat uni yoqqan odamning özigagina taʼsir qilmaydi. U havo oqimi bilan butun atrofga tarqaladi.
Qayd etilişiça, dala maydonlarida öt yoqiş qonunçilik bilan taqiqlangan. Bunday huquqbuzarliklar Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalariga muvofiq bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravarigaça jarimaga sabab bölişi mumkin. Yonğin sodir bölgan ekin maydonlariga yetkazilgan zarar uçun ham amaldagi tartibda iqtisodiy çoralar belgilanadi. Bu borada nazorat ham kuçaytirilmoqda. “Özbekkosmos” agentligi davlat kosmik monitoringi dasturi doirasida somonpoyalar yoqilişi holatlarini aniqlaş, huquqbuzarlarni belgilaş va ularga nisbatan tezkor çora köriş böyiça hamkorlikda iş olib bormoqda.
Biroq faqat jarima va nazorat bilan muammoni töliq hal etib bölarmikin? Çunki, har yili soha vakillarining bir neça martalab ogohlantirişlariga qaramasdan, kuzda xazon yoqiş holatlari takrorlanaveradi.
Bugun toza havo masalasi kundalik hayotimizdagi eng muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda. Bir tomondan, havoning ifloslanişidan şikoyat qilamiz, ikkinçi tomondan esa özimiz xazon, şox-şabba va somonpoyalarga öt qöyamiz. Şunday loqaydlikdan söng biz toza havoni kimdan kutyapmiz?

Xazonni yoqmaslik farzandlarimiz nafas oladigan havoni, yerning unumdorligi va atrofimizdagi insonlar salomatligini asraşdir.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA