Qo‘l jangi bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” g‘oliblari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Urganch shahridagi Ma’mun universiteti sport saroyida qo‘l jangi bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasining final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Xorazm viloyatining turli hududlaridan saralangan sportchilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar yuqori tayyorgarlik va mahorat namoyish etib, har bir vazn toifasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechdi.
Musobaqa qo‘l jangi sportini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning raqobat muhitida tajriba orttirishiga xizmat qildi. Final bahslarini sport muxlislari va ishtirokchilarning yaqinlari ham kuzatib bordi.
[gallery-30632]
Yakunlarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar hamda mas’ullar tomonidan diplom, medallar, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Behzod Saidov (surat), O‘zA