Qit’a polvonlari Chirchiqda bellashdi
Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejida dzyudo bo‘yicha sport ustasi Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan yoshlar va kadetlar o‘rtasida Osiyo dzyudo ittifoqining ochiq kubogi XXI xalqaro turniri o‘tkazildi.
Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejida dzyudo bo‘yicha sport ustasi Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan yoshlar va kadetlar o‘rtasida Osiyo dzyudo ittifoqining ochiq kubogi XXI xalqaro turniri o‘tkazildi.O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 120 nafarga yaqin yigit-qiz bellashdi.
Turnirda sportchilarimizdan Behruz Amindavlatov, Olovuddin Jo‘raqulov, G‘olibjon Sulaymonov, Sherxon To‘raboyev o‘z vazn toifasida barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Qizlar o‘rtasida Go‘zal Yunusova, Mohichehra Shirinova, Lida Alimova, Dilnoza Kamolova, Diyora Keldiyorova, Gulnur Murodboyeva, Sanobar Sultonova shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Umumjamoa hisobida polvonlarimiz 11 oltin, 12 kumush, 24 bronza medalni qo‘lga kiritib, birinchi o‘rinni egalladi.