Qiliçbozlik böyiça Özbekiston kubogi ğoliblari aniqlandi
Poytaxtimizda kattalar örtasida qiliçbozlik böyiça Özbekiston kubogi musobaqalari davom etmoqda. Musobaqaning sablya yönalişida 54 nafar sportçi ğoliblik uçun kuraş olib bordi.
Yakkalik bahslarida Begzod Tajedinov barça raqiblaridan ustun kelib, oltin medalga sazovor böldi. Alişer Qobulov kumuş medalni qölga kiritgan bölsa, Sultonbek Ametbekov va Alişer Jalğasbayev bronza medali bilan taqdirlandi.
Ayollar örtasida Samira Şokirova musobaqa ğolibi böldi. Perizat Maulenbergenova ikkinçi örinni egalladi. Bibiayşa Husanboyeva va Zamanoy Jiyengaliyeva esa bronza medallariga sazovor böldi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA