Qilichbozlik bahsi qizg‘in o‘tmoqda
Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqada erkaklar va ayollar sablya yo‘nalishining jamoaviy bellashuvlari o‘tkazildi. Unda har ikki toifada Qoraqalpog‘iston jamoasi tengsiz ekanini yana bir bor isbotladi.


Bugun, 24 oktyabr kuni O‘zbekiston kubogida rapira bo‘yicha yakkalik bahslari o‘tkaziladi. Ertaga esa ushbu yo‘nalishda jamoaviy bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA muxbiri