Qilichbozlarimiz jahon kubogida sovrindor bo‘ldi
Bahraynning Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogi bosqichi o‘tkazildi.
Unda mezbonlardan tashqari O‘zbekiston, Ozarbayjon, Rossiya, Misr, Germaniya, O‘mon, Singapur, Turkiya, Tunis, Saudiya Arabistoni, Hongkong, Qozog‘iston kabi davlatlardan kelgan 150 nafarga yaqin qilichbozlar yakkalik va jamoaviy bahslarda raqobatlashdi.

Quvonarlisi, Aziza Hamidova, Sanam Nazarova va Dilnaz Murzatayevadan iborat O‘zbekiston termasi jamoaviy bahslarda bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Mazkur bellashuvlarda Turkiya terma jamoasi birinchi, Hongkong esa ikkinchi pog‘onadan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA