Qaysi davlatlarda o‘zbekistonlik mutaxassislarga talab yuqori? (+video)
Xorijda ishlashni istagan fuqaro uchun endi manzilning o‘zi yetarli mezon emas. Bugun mehnat bozorida ish haqi, mehnat sharoitlari, kasblarga bo‘lgan talab va ishlash uchun yaratilgan imkoniyatlar kabi omillar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Migratsiya agentligi tashqi mehnat bozorlarini o‘rganishda aynan shu omillarga tayanib, yuqori daromadli va istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlashga e’tibor qaratmoqda.
Ayrim mamlakatlarda ishchi kuchi tanqisligi sezilsa-da, nomzod uchun “eshiklar” avtomatik ravishda ochilmaydi. Til bilimi, kasbiy tayyorgarlik, sertifikat, ish tajribasi va viza talablari xalqaro mehnat bozoridagi raqobatni belgilaydi. Shuning uchun bugun “qayerga borish mumkin?”dan ko‘ra “qaysi kasb bilan borish foydali?” degan savol muhimroq.
Jozibador daromad va’da qilingan vakansiyalar esa alohida e’tibor talab qiladi. “Oyligi 3-4 ming dollar” degan taklifga duch kelgan shaxs ish beruvchi, shartnoma, soliqlar, ish vaqti, yashash xarajatlari va boshqa shartlarni tekshirmasdan qaror qabul qilmasligi kerak. Tekshirilmagan e’lon ortida nafaqat moliyaviy zarar, balki huquqiy muammolar ham turishi mumkin.
Chet elda huquq buzilganda esa fuqarolarimiz yolg‘iz qolmaydi: O‘zbekiston Migratsiya agentligi, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari o‘z vakolati doirasida ko‘mak ko‘rsatadi.
Mehnat bozorlari, yuqori daromad keltiradigan kasblar, soxta hujjat va vakansiyalardan qanday saqlanish mumkinligi xususida O‘zbekiston Migratsiya agentligining Xalqaro rekruting va ish o‘rinlarini aniqlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Abdulaziz Hakimov hamda Huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘limi bosh mutaxassisi Alisher Qodirov bilan suhbatlashdik.
Ko‘rsatuvni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JMZ4VTFGXrE" title="Qaysi davlatda o‘zbekistonlik mutaxassisga talab yuqori?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Oybek Davronov (video), O‘zA