Qashqadaryolik ikki tadbirkor taqdirlandi
Davlatimiz rahbari “Sultonteks” klasteri rahbari Nurbek Ergashevning energiya va suvni tejaydigan zamonaviy korxonasi faoliyati bilan tanishganini aytdi. Tadbirkorning 2028-yilgacha yana 30 ming kishini ish bilan ta’minlash, ayniqsa, ayollar uchun ko‘proq imkoniyat yaratish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Prezidentimiz Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonga imzo qo‘yganini bildirdi.
Qamashi tumanidagi Chim mahallasida sulolaviy limonchilik maktabini yaratib, aholi daromadini oshirishga hissa qo‘shayotgan Abdumannop Xudoyberdiyevga ham “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni beriladi.
Qashqadaryoda ma’rifatni targ‘ib etayotgan “Mutolaa” loyihasining bosh muharriri Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘oliblari Baxtishod Rashidov va E’zoza Xushvaqtovaga Toshkent shahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovg‘a qilinishi aytildi.
Davlatimiz rahbari mazkur mukofotlarni shu yerning o‘zida topshirishni taklif etdi.
O‘zA