Qalbaki pullarning muomalaga çiqarilişi holatiga çek quyildi
Toşkent viloyatida DXX va IIB hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda qalbaki pul tayyorlab, muomalaga kiritayotgan şaxslar uşlandi. Ular yaşirin sexda faoliyat yuritgan.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş borasida Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat Içki işlar boş boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida qalbaki pul banknotlarini tayyorlaş va ularni muomalaga kiritiş bilan şuğullangan şaxslar aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.
Xususan, Angren şahrida yaşovçi, 1993 y.t. fuqaro özining 1997 y.t. tanişi bilan til biriktirgan holda, şahardagi köp qavatli uylardan birida joylaşgan xonadonni ijaraga olib, qalbaki pul tayyorlaşgan.
Şuningdek olib borilgan tezkor tadbir davomida uşbu manzildan yarim tayyor holatdagi 79,8 million söm miqdoridagi 100 va 200 ming sömlik kupyuralardan iborat qalbaki pul mablağlari, “EPSON” rusumli rangli printer va uning böyoqlari, şuningdek, kanselyariya jihozlari aşyoviy dalil sifatida olindi.
Maʼlum bölişiça, uşbu şaxslar muqaddam sudlangan bölsalarda, öz xatolaridan töğri xulosa çiqarişmagan.
Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hamroz Bayonov,
ÖzA