YeI RFga qarshi 1600 ta yangi sanksiya joriy etdi
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasiga qaratilgan qariyb 1600 ta yangi cheklov va sanksiyalar ro‘yxatini ma’qulladi.
Bu haqda tuzilmaning tashqi siyosat xizmati rahbari Kaya Kallas ma’lum qildi.
- Ushbu cheklovlarning yarmidan ko‘pi ballistik raketalarni ishlab chiqarish zanjiriga aloqador bo‘lgan sub’ektlarga tegishli, -deb yozdi Kallas o‘zining “X” sahifasida.
Vazirlar o‘tgan chorshanba kuni Yevropa Ittifoqi elchilari tomonidan erishilgan kelishuvni rasman tasdiqlab, yangi sanksiyalar paketini kuchga kiritdilar.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA