Professor Hamid Ziyoyev asari Turkiyada turk tilida dunyo yuzini ko‘rdi
Atoqli o‘zbek tarixchisi Hamid Ziyoyevning (1923 — 2015) "Rossiyaning Qozon, Astraxan, Sibir, Qrim, Kavkaz va Turkistonga tajovuzi hamda hukmronligiga qarshi kurashlar (16-yuzyillikning ikkinchi yarmi va 20-yuzyillikning boshi)" teran asari Turk tarix jamiyati tomonidan nashr etildi.
Asarda tarixchilik ilmida ilk marta Rossiya imperiyasining turkiy xalqlar yashaydigan hududlar, xususan, Qozon va Astraxan xonliklari, Sibir, Qrim, Kavkaz hamda ona yurtimiz Turkistonni bosib olish tarixi birlamchi manbalar asosida ochib berilgan. Turkiy xalqlarning bosqin va mustamlakachilikka qarshi olib borgan ozodlik kurashlari yoritib berilgan. Tariximizning eng og‘riqli va muhim davrini chuqur va haqqoniy anglashni istagan har bir kitobxon uchun ushbu asar qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zA