Prezident Olimpiadasida 3,5 mingdan ziyod yosh 26 ta sport turi bo‘yicha kuch sinashadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor o‘tkazilayotgan Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari sportchi yoshlar, murabbiylar va sport fidoyilarini musobaqa boshlanishi bilan tabrikladi.
Bu yilgi bellashuvlarda yurtimizning turli hududlaridan kelgan 3,5 mingdan ziyod yosh olimpiya va paralimpiya yo‘nalishidagi 26 ta sport turi bo‘yicha kuch sinashadi. Ularga 1,5 ming murabbiy hamrohlik qilmoqda.
– Har biringiz bu maydonga o‘z orzuingiz, o‘z maqsadingiz, eng asosiysi, g‘alabaga bo‘lgan katta ishonchingiz bilan kelgansiz, – dedi Prezidentimiz sportchi o‘g‘il-qizlarga murojaat qilib.
Bugun bellashayotgan yoshlar orasidan ertaga dunyoni hayratga soladigan chempionlar va rekordchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirildi.
O‘zA