"Prezident olimpiadasi" musobaqalarida navbatdagi ğoliblar aniqlandi
"Prezident olimpiadasi" doirasidagi bellaşuvlarda yoş sportçilarning mahorat va tayyorgarligi yana bir bor sinovdan ötdi. Töqqizinçi kun bir qator yönalişlarda medallar uçun kuraş yakunlanib, ğoliblar aniqlandi. Badminton, badiiy gimnastika, taekvondo WT, velotrek va para pauerlifting bahslarida sovrindorlar nomi maʼlum böldi.
Badminton böyiça yigitlar örtasida yakkalik bahslarda Şohrux Xolmatjonov (Namangan) ğolib böldi. Azimbek Obidov (Toşkent şahri) ikkinçi, samarqandlik Sardorbek Arziyev va toşkentlik Nurasil Şirinbekov uçinçi örinni egalladi. Qizlar örtasida esa Ruxsora Qurbonboyeva (Xorazm) oltin medalga sazovor böldi. Asem Joldasboyeva (Qoraqalpoğiston Respublikasi) kumuş, Dinara Saidazimova (Jizzax) va Dilnur Murodullayeva (Buxoro) bronza medallarini qölga kiritdi.
Juftlik bahslarida yigitlar örtasida Namangan, qizlar örtasida Farğona, aralaş juftlikda esa Xorazm vakillari birinçi örinni egalladi. Qolgan sovrinli örinlar Xorazm, Samarqand, Andijon, Jizzax, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Buxoro jamoalariga nasib etdi.
Badiiy gimnastika böyiça yakkalik dasturlarida Toşkent şahri vakillari Aişa Yenina va samarqandlik Çinara Toirova yuqori natija qayd etdi. Lenta va töp bilan maşqlarda Aişa Yenina, halqa bilan maşqda Çinara Toirova ğolib böldi. Bulavalar bilan maşqda esa Sultana Aşurova (Buxoro) birinçi örinni egalladi. Guruh maşqlarida 5 ta töp bilan Buxoro, 5 ta lenta bilan Navoiy jamoalari ğoliblikni qölga kiritdi.

Taekvondo WT böyiça yigitlar örtasida -33 kilogramm vaznda Kamron Saʼdiyev (Buxoro), -45 kilogrammda Avazbek Murodov (Farğona), -61 kilogrammda Şohjahon Şodiyev (Buxoro) oltin medalga sazovor böldi. Qizlar örtasida esa Iroda Zokirova (Buxoro, -33 kg), Eʼzoza Şoniyozova (Surxondaryo, -44 kg) va Nozima Tangirova (Jizzax, -59 kg) şohsupaning yuqori poğonasidan joy oldi.
Velotrek bahslarida yigitlar örtasida 2 kilometr masofaga taʼqib poygasida Denis Töyçiyev (Toşkent şahri), sprintda Şohruxbek Norimmatov (Xorazm) ğolib böldi. Qizlar örtasida esa uşbu dasturlarda Tangşolpan Alimbayeva (Toşkent viloyati) va Tatyana Grişina (Toşkent viloyati) birinçi örinni egalladi.

Para pauerlifting böyiça yigitlar örtasida -65 kilogramm vaznda Bunyod Xolmurodov, -72 kilogrammda Jahongir Mirzaliyev (ikkisi ham Toşkent şahri), -80 kilogrammda Elbek Farhodov, -88 kilogrammda Behruz Şokirboyev (ikkisi ham Xorazm), +88 kilogrammda Azizbek Perdebayev (Qoraqalpoğiston Respublikasi) ğolib böldi. Qizlar örtasida esa -55 kilogramm vaznda Mukarram Ergaşeva (Buxoro), -61 kilogrammda Dilrabo Köpalboyeva (Xorazm), +61 kilogrammda Fotimajon Rajabboyeva (Xorazm) oltin medallarga sazovor böldi.
“Prezident olimpiadasi” yoş sportçilarning iqtidorini aniqlaş, ularni saralaş va yuqori natijalarga yönaltiriş, şuningdek, soğlom turmuş tarzini keng tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA