OÇL-2: «Nasaf» joy olgan guruhda vaziyat qanday?
Futbol böyiça Osiyo çempionlar ligasi-2 guruh bosqiçining törtinçi tur uçraşuvlari davom etmoqda. Tunda musobaqaning «A» guruhida mazkur tur doirasida ikki öyin bölib ötdi.
Unda Qarşining «Nasaf» jamoasi safarda Quvaytning «Quvayt SK» klubiga qarşi maydonga tuşdi. Bellaşuv mezbonlarning ustunligi bilan boşlandi. Yasin Henisi 27-daqiqada, Muhammad Freax esa 34-daqiqada gol urib, mezbonlarni oldinga olib çiqdi. Şundan söng taşabbusni qölga olgan vakillarimiz bor eʼtiborini hujumga qaratdi.
Buning samarasida Bobir Abdixoliqovning 57 va 67-daqiqalarda kiritgan gollari evaziga hisob tenglaşdi. 81-daqiqada Oybek Rustamov ğalaba golini urib, «Nasaf»ning 3:2 hisobidagi ğalabasini taʼminladi.
Guruhning ikkinçi uçraşuvida BAAning «Al-Vahda» jamoasi öz maydonida Bahraynning «Al-Xoldiya» klubiga 1:2 hisobida mağlub böldi.
Uşbu natijalardan söng guruhda «Al-Vahda» 9 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. «Quvayt SK» 6 oçko bilan ikkinçi, «Nasaf» va «Al-Xoldiya» jamoalari esa 4 oçkodan jamğargan holda uçinçi va törtinçi örinlarni egallab turibdi.

Guruh bosqiçining beşinçi turida «Nasaf» 25-noyabr kuni Qarşida «Al-Xoldiya»ni qabul qiladi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 18:45 da boşlanadi. Şu kuni «Quvayt SK» öz maydonida «Al-Vahda» bilan bahs olib boradi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA