Prezident maktubi: uluğvor maqsadlarga erişiş yuksak marralarga intilişdan boşlanadi
“Çinakam muvaffaqiyat bu – muvaffaqiyatsizlikdan xulosa çiqarib, ruhni çöktirmay, çidam va jasorat bilan oldinga borişdir. Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham özida kuç topib qayta tura bilişdadir...”
Davlatimiz rahbarining nabirasiga maktubida keltirilgan uşbu fikrlar aynan sportçi yoşlarga tegişli ekani Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoşlar iştirokida ötkazilgan davra suhbatida bot-bot tilga olindi.
Tadbir davomida universitet talaba-yoşlariga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning samimiy maktubi öqib eşittirildi.
Talaba-yoşlar maktubda keltirilgan davlat rahbarining öz hayotiy tajribasi, bolalik xotiralari va mehnat faoliyati, yoş avlod uçun yaratilayotgan imkoniyatlar, taʼlim-tarbiya sifati va mamlakat kelajagi yölidagi masʼuliyat xususidagi fikrlarini katta qiziqiş va hayajon bilan tinglaşdi.

Maktubda keltirilgan barça fanlarni puxta özlaştiriş, xorijiy tillarni örganiş, ilm-fan yangiliklaridan boxabar böliş, zamonaviy texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalaniş, vaqtning qadriga yetiş, qiyinçiliklar qarşisida irodali böliş va boşlagan işni oxiriga yetkaziş kabi fikrlar tinglovçilarda çuqur taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida maktubda ilgari surilgan öy-fikrlar talaba-yoşlarni yanada izlaniş, öz ustida işlaş, yuksak marralarni közlaş va kelajak oldidagi masʼuliyatni çuqur his etişga çorlovçi muhim hayotiy saboq sifatida qayd etildi.
T.Röziyev,
ÖzA