Prezident Aliyev: Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlari yagona geosiyosiy mintaqaga aylandi
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlar Ozarbayjon tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Prezident Ilhom Aliyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon rahbarlarining norasmiy uchrashuvida so‘zlagan nutqida shunday bayonot berdi.
U 2023-yil boshidan beri mintaqaga 16 bor, Markaziy Osiyo yetakchilari esa Ozarbayjonga 26-marta tashrif buyurganini ta’kidladi.
– Bu ma’lumot ikki va ko‘p tomonlama munosabat jadal rivojlanayotgani va o‘zaro yaqinligimizni yaqqol namoyish etmoqda, – ta’kidladi Aliyev. – Bugungi kunda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon allaqachon yagona geosiyosiy va geoiqtisodiy mintaqaga aylangan.
Yetakchi ushbu formatning to‘laqonli a’zosi sifatida birinchi marta Maslahat uchrashuvida ishtirok etayotganini ta’kidlab, Ozarbayjon Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiqligini qo‘shimcha qildi.
S.Rahimov, O‘zA