Poytaxtimizda “Toshkent kuzi” turniri start oldi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida an’anaviy “Toshkent kuzi” reyting turniri start oldi. Unda 260 nafardan ortiq shaxmatchi “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan holda o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazadi.
1-turdan so‘ng, “A” guruhida 63 nafar sportchi g‘alaba nashidasini totib ko‘rdi. Guruhning 6 nafar ishtirokchisi esa durangga imzo chekdi, qolgan ishtirokchilarda esa mag‘lubiyat. “B” guruhida dona surayotganlarning 62 nafari raqiblari ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, 10 nafari durang bilan kifoyalanishgan. Guruhning qolgan a’zolari esa imkoniyatni boy berishgan.
[gallery-14453]
Turnirning g‘olib va sovrindorlari 13 noyabr kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA