Pokistonlik sayyohlar Buxoroda
Pokistonlik bir guruh sayohatchilar Buxoro bo‘ylab uch kunlik sayohatlarini amalga oshirmoqda. Mehmonlar tashrif mobaynida Buxoro shahrining tarixiy va me’moriy obidalari bilan tanishadi. Xususan, qadimiy toqlar, Poyi Kalon majmuasi, Ark qo‘rg‘oni, Labi Xovuz ansambli, Mohi Xossa saroyini hayrat va havas bilan tomosha qildi.
– Buxorodagi madaniy meros ob’ektlari asl holida saqlanganligi, Buxoroning boy tarixi, betakror madaniyati hamda xalqingizning mehmondo‘st va xushmuomalaligi tahsinga sazovor, – deydi pokistonlik Shahid An-Nur.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil davomida xorijiy davlatlardan tashrif buyuradigan sayyohlar soni sezilarli darajada ko‘payishi kutilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri