Buxoro turli madaniyatlar uçraşadigan ijodiy makon sifatida namoyon bölmoqda
Ikkinçi Buxoro biyennalesining boş mavzusi “Asrlar oşa mehmondöstlik” deb eʼlon qilindi. 2027-yil 3-sentabrdan 21-noyabrga qadar davom etadigan xalqaro sanʼat anjumani qadimiy şaharning boy madaniy merosi, hunarmandçilik anʼanalari va oçiq muloqot muhitini zamonaviy sanʼat orqali namoyon etadi.
Buxoro azaldan turli xalqlar, madaniyatlar va sivilizatsiyalar tutaşgan, ilm-fan, savdo-sotiq va hunarmandçilik rivojlangan noyob maskan sifatida dunyoga tanilgan. Bu şaharning bugungi qiyofasi ham faqat mahalliy anʼanalar mahsuli emas. Asrlar davomida Buyuk ipak yöli orqali bu yerga kelib, şu zaminni özining ikkinçi vataniga aylantirgan savdogarlar, allomalar, meʼmorlar va hunarmandlar uning madaniy qiyofasiga öz hissasini qöşgan. Ularning izlari bugun ham Buxoro meʼmorçiligi, xalq amaliy sanʼati, turmuş tarzi va urf-odatlarida yaşab kelmoqda. Ana şu tarixiy haqiqat ikkinçi Buxoro biyennalesining ğoyaviy asosini taşkil etadi. “Asrlar oşa mehmondöstlik” mavzusi şunçaki tarixiy xotiraga murojaat emas, balki Buxoroning ötmiş va bugun, milliylik va umuminsoniylik, anʼana va zamonaviylik örtasidagi boğlovçi köprik sifatidagi örnini yana bir bor namoyon etişga qaratilgan.
Bu jarayonda sanʼat faqat tayyor asarlarni namoyiş etiş vositasi bölib qolmaydi. “WHY Architecture” byurosi asosçisi Kulapat Yantrasastning badiiy rahbarligida Özbekiston va xorijdan taşrif buyuradigan ijodkorlar mahalliy usta-hunarmandlar hamda jamoalar bilan bevosita hamkorlikda yangi sanʼat asarlarini yaratadi. Eng muhimi, saralangan loyihalar biyennale doirasidagi vaqtinçalik ekspozitsiya bölib qolmasdan, Buxoro şahar muhitining doimiy qismiga aylanadi. Demak, anjuman yakunlanganidan keyin ham uning ijodiy merosi şahar hayotida yaşaşda davom etadi.
Ikkinçi biyennalening dastlabki eʼlon qilingan iştirokçilari safidan Aniş Kapur, Ku Jon A, Sevara Haydarova Donatssan, Syuzen Fillips, Nigina Mirzajonova, Preşes Okoyomon, Ugo Rondinone, Vivian Suter, Jozef Arzumanov, Oskar Tuazon, Maksim Vardanyan, Dayma Raxmanbekova, Huma Bhabha va Betan Laura Vud kabi xalqaro sanʼat namoyandalari örin olgan. Boşqa iştirokçilarning nomlari 2027-yilda eʼlon qilinişi rejalaştirilgan.

Bugun mamlakatimizda madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş, milliy merosni xalqaro miqyosda tarğib etiş, hududlarning sayyohlik jozibadorligini oşiriş davlat siyosatidagi ustuvor yönalişlardan biriga aylangan. Prezidentimiz taşabbusi bilan ilgari surilayotgan madaniy diplomatiyani rivojlantiriş, Özbekistonning jahon hamjamiyati bilan ijodiy muloqotini kengaytirişga qaratilgan saʼy-harakatlar Buxoro biyennalesi kabi yirik xalqaro loyihalarda ham öz ifodasini topmoqda.
Zero, bunday tadbirlarning ahamiyati faqat xorijiy mehmonlar soni yoki namoyiş etiladigan asarlar kölami bilan ölçanmaydi. Ular orqali milliy hunarmandçilik maktablari xalqaro ijodiy jarayonga jalb etiladi, mahalliy ustalarning tajribasi dunyoga tanitiladi, şaharning madaniy infratuzilmasi boyiydi. Eng muhimi, Buxoro xalqaro sanʼat maydonida faqat tarixiy obidalari bilan emas, balki bugun ham yangi ğoyalar tuğiladigan, turli madaniyatlar uçraşadigan ijodiy makon sifatida namoyon böladi.
Buxoro biyennalesi Özbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan, Gayane Umerova taşabbusi va ğoyasi asosida taşkil etilmoqda.
Şubhasiz, 2027-yildagi ikkinçi biyennale Buxoroning asrlar davomida şakllangan mehmondöstlik falsafasini zamonaviy sanʼat tilida dunyoga yetkaziş, tarixiy merosni yangi ijodiy yeçimlar bilan boyitiş va şaharning xalqaro madaniy nufuzini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi. Zero, Buxoroda mehmonni kutib oliş oddiy odat emas, balki avloddan-avlodga ötib kelayotgan hayot falsafasi, bağrikenglik va inson qadriga bölgan yuksak ehtirom ifodasidir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri