Piyoz tanqisligi kuzatilmayapti – vazirlik
Piyoz inson organizmi uçun eng köp xususiyatlarga ega hamda foydali vitaminlarga boy şifobaxş mahsulot hisoblanadi. Piyoz parvarişlaşning öziga xos maşaqqatli tomonlari bölsa-da, mamlakatimiz dehqonlari bu mahsulotni yetiştirişda yuqori texnologiyalardan foydalanib, möl hosil olişga muvaffaq bölmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda piyoz narxi oşişi bilan boğliq xabarlar tarqaldi. Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi matbuot xizmati maʼlumotlariga köra, yurtimizda piyoz tanqisligi kuzatilmayapti. Aksinça, joriy yilda uni yetiştiriş hajmi içki isteʼmol talabidan 35 foizga köp bölişi prognoz qilingan. Hosil yetarli, ammo bozorda narx bir xil emas.
Xöş, şu örinda savol tuğiladi: hosil möl bölsa, nega ayrim bozorlarda piyoz narxi kötarilmoqda? Dehqon yetiştirgan mahsulot bilan isteʼmolçi sotib olayotgan narx örtasidagi farq qayerda şakllanyapti?
Qayd etilişiça, 2026-yilda respublika böyiça 1,5 million tonna piyoz yetiştiriş hisob-kitob qilingan. Bu aholining tibbiy meʼyorlar asosidagi isteʼmol talabidan 400 ming tonna yoki 35 foizga köp. Demak, umumiy işlab çiqariş hajmi nuqtai nazaridan mamlakatda piyoz yetarli bölişi kutilmoqda. Biroq, mahsulotning yetarliligi uning barça hududlarda bir xil narxda sotilişini anglatmaydi. Birgina Surxondaryo viloyatini özida joriy yilning dastlabki töqqiz oyida 387,1 ming tonna piyoz yetiştirilgan. Şundan 120 ming tonnasi aholi isteʼmoliga yönaltirilgan, 46 ming tonnasi eksport qilingan, qolgan qismi esa respublikaning boşqa hududlariga yetkazib berilgan. Biroq hozir viloyat bozorlaridagi talabni qondiriş uçun Jizzax va Samarqanddan piyoz olib kelinmoqda. Çunki Surxondaryoda piyoz asosan ertaki muddatda yetiştiriladi. Aprel–may oylarida hosil yiğib olinadi, yozgi yuqori harorat esa keçki piyoz yetiştiriş imkoniyatini çeklaydi. Şuning uçun 2026-yil hosilining dalada qolmagani va yangi mahsulotni boşqa hududlardan olib keliş zarurati mahalliy bozordagi narxga taʼsir körsatmoqda.
Maʼlum bölişiça, dehqondan 2 600 sömga olingan piyoz 4 500 sömga sotilmoqda. Jizzax viloyati dehqonlarida piyozning bir kilogramm xarid narxi 2 600–3 300 sömni, Samarqand viloyatida esa 2 800–3 000 sömni taşkil etmoqda. Lekin mahsulotni Surxondaryoga yetkazib beriş ham tekin emas. Transport-logistika xarajatlari bir kilogramm uçun 350–370 söm atrofida. Natijada piyozning yetkazib beriş tannarxi Jizzaxdan keltirilganda 2 950–3 650 sömni, Samarqanddan olib kelinganda esa 3 150–3 350 sömni taşkil qilmoqda. Denov tumanigaça yetkazişda bu körsatkiç 3 400–3 500 sömgaça bormoqda. Bugun Surxondaryo bozorlarida piyozning çakana narxi esa 4 000–4 500 söm atrofida şakllangan.
Agar mahsulot dehqondan 3 300 sömdan xarid qilinib, 350 söm transport xarajati bilan bozorga yetkazilsa, uning tannarxi 3 650 söm böladi. 4 000 sömdan sotilganda örtadagi farq 350 sömni taşkil etadi. Agar piyoz 2 600 sömdan xarid qilinib, 350 söm transport xarajati qöşilsa, tannarx 2 950 sömga teng böladi. Mahsulot 4 500 sömdan sotilganda esa örtadagi farq 1 550 sömga yetadi. Bu tannarxga nisbatan 52,5 foizlik tafovutdir. Soha vakillarining sözlariga köra, farqni töliq sof foyda deb bölmaydi. Savdo joyi, saqlaş, ortiş-tuşiriş va boşqa xarajatlar ham bor. Ammo xarid narxi bilan çakana narx örtasidagi bunday tafovut bozordagi narx şakllanişini yanada şaffof örganiş zarurligini körsatadi.
Vazirlik maʼlumotida ham ayrim hollarda olib-sotar tadbirkorlarning savdo marjasi 25 foizdan 50 foizgaça yetayotgani qayd etilgan. Piyoz narxiga faqat yetiştiriş xarajatlari emas, balki mahsulotning dehqondan isteʼmolçigaça bölgan yölidagi har bir bosqiç taʼsir körsatmoqda.
Dehqon uçun ham hosil yetiştiriş tobora köproq xarajat talab qilmoqda. Hisob-kitoblarga köra, 2026-yilda bir gektar maydonda piyoz yetiştiriş uçun örtaça 65,5 million söm sarflanadi. Bunda gektaridan 35 tonna hosil olinişi kutilmoqda. Natijada bir tonna mahsulotning yetiştiriş tannarxi 1 million 870 ming sömga töğri keladi. Xarajatlarning eng katta qismi — 26,5 million sömi mehnat haqi va qöşimça tölovlarga sarflanadi. Bu jami xarajatning 40,5 foizidir. Mineral öğitlar va kimyoviy himoya vositalari uçun 15,8 million söm, uruğlik yoki köçat xaridiga 9,6 million söm, mexanizatsiya xizmatlari hamda yoqilği-moylaş materiallariga 8,2 million söm yönaltiriladi. Bundan taşqari, yer va suv soliği, işlab çiqariş bilan boğliq boşqa xarajatlar ham bor. Şu maʼnoda, mahsulotning bozordagi qiymatini baholaşda uni yetiştirişdan tortib, isteʼmolçi dasturxonigaça bölgan jarayonni yaxlit köriş lozim.
Vazirlik piyoz narxiga taʼsir qilayotgan bir neçta omilni sanab ötgan. Bular — mahsulot yetiştirişning mavsumiy xususiyati, boşqa hududlardan taşib keliş xarajatlari, yoqilği-moylaş materiallari va transport-logistika xizmatlari qiymati.
Şu bilan birga, mahsulotni qimmatroq sotiş maqsadida bozorga çiqarmasdan uşlab turiş holatlari ham vazirlik eʼtiboridan çetda qolmagan. Idora bunday harakatlar iqtisodiy jihatdan ham özini oqlamasligini taʼkidlamoqda. Çunki piyoz uzoq saqlanganda vaznini yöqotişi, sifati buzilişi va natijada mahsulot egasi zarar körişi mumkin.
Maʼlum qilinişiça, ayni paytda mamlakat hududlarida 2026–2027-yillar qiş-bahor mavsumi uçun jami 102,8 ming tonna piyozni zaxiraga jamğariş işlari olib borilmoqda. Şundan 2 750 tonnasi Surxondaryo viloyati hissasiga töğri keladi. Zarur hollarda zaxiradagi mahsulotlarni içki bozorga intervensiya qiliş, yaʼni bozorga çiqariş va maxsus savdo rastalari orqali arzonlaştirilgan narxlarda sotiş imkoniyati ham mavjud. Bu, albatta, ijobiy çora. Biroq uning samarasi qoğozdagi zaxira miqdori bilan emas, aholi bozorda mahsulotni qança narxda xarid qila olişi bilan ölçanadi.
Şuning uçun zaxiradagi mahsulotlar qaçon, qaysi hududlarda va qanday narxlarda savdoga çiqarilişi ham muhim. Agar narxlar kötarilayotgan hududlarga öz vaqtida mahsulot yetkazib berilsa, bu bozordagi keskinlikni yumşatişga xizmat qilişi mumkin. Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida piyozni dalalardan yiğib oliş işlari davom etmoqda. Bu ham yaqin davrda içki bozor taklifiga ijobiy taʼsir körsatişi mumkin.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA