Pentagon samo jismlari haqidagi ma’lumotni oshkor qildi
AQSH Mudofaa vazirligi noma’lum uchar jismlar, jumladan Iroq osmonida kuzatilgan obekt haqida yangi materiallarni e’lon qildi.
Hujjat, video lavha va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlar Pentagon rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.

Yangi fayllar orasida 2022-yil 1-may kuni Iroq osmonida olingan video tasvir ham bor. Ushbu lavhada Su-27 yoki Su-35 qiruvchi samolyoti aks etgan bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Arxivning 8-may kuni nashr etilgan birinchi qismida ham eski manbalar, jumladan "Apollon-17" missiyasi tasviri, 2025-2026-yillardagi AQSH harbiy kuzatuviga oid so‘nggi materiallar mavjud edi.
S.Rahimov, O‘zA