Penchak silatchilar Oʻzbekiston kubogida bahslashdi
Poytaxtimizdagi “Qushbegi” mavzesida joylashgan 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabida penchak silat boʻyicha mamlakat kubogi bahslari oʻtkazildi.
Poytaxtimizdagi “Qushbegi” mavzesida joylashgan 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabida penchak silat boʻyicha mamlakat kubogi bahslari oʻtkazildi.
Oʻzbekiston penchak silat federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada mamlakatimizning barcha hududidan kelgan 400 nafarga yaqin yigit-qizlar penchak silatning tanding, tungal, ganda va regu yoʻnalishlarida gʻoliblik uchun oʻzaro raqobatlashdi.
Oʻzbekiston kubogi bahslarida Asal Normatova, Xumora Abdunazarova, Bahrom Yoʻldoshbekov, Hasan Qoraxoʻjayev oʻz vazn va yoʻnalishlarida shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi.
Musobaqada Toshkent shahri jamoasi birinchi oʻrinni egallab, mamlakat kubogini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Samarqand va Toshkent viloyati jamoalari ikkinchi hamda uchinchi pogʻonadan joy oldi.
Kubok bellashuvlarining yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.