Pedri: Yamalga to‘p bilan vaqtni yaxshi o‘tkazishni maslahat bergan bo‘lardim
Butun sayyora bu musobaqani kuzatib boradi.
Ispaniya terma jamoasi va Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri jahon chempionatida debyut qiladigan Lamin Yamalga maslahat berdi.
"Jahon chempionatidan shunchaki zavqlanish kerak, chunki-bu yana bo‘ladimi-yo‘qmi hech kim bilmaydi. Bu turnir qolganlaridan tubdan farq qiladi va katta tajriba orttirish imkonini beradi. Butun sayyora bu musobaqani kuzatib boradi. U yerda o‘ynash imkoniyati esa har doim ham bo‘lavermaydi. Laminga esa to‘p bilan vaqtni yaxshiroq o‘tkazishni maslahat bergan bo‘lardim", - dedi Pedri.
Ispaniya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Urugvay, Saudiya Arabistoni va Kabo-Verde bilan kuch sinashadi.