Jahon chempionati. "D" guruhi vakillari va mundiallardagi ishtiroki bilan tanishing
2026-yilgi Jahon chempionati yaqinlashmoqda.
FIFA JAHON CHEMPIONATI 2026 | D GURUHI TARKIBI
2026-yilgi Jahon chempionati yaqinlashmoqda. "D" guruhidan joy olgan jamoalar va ularning mundiallardagi tarixiy natijalari bilan tanishib chiqamiz:
AQSH (12-ishtirok)
Mezbonlardan biri sifatida AQSH ancha-tajribali jamoa-hisoblanadi.
1930 — Yarim finalchi
1994 — Mezbon / 1/8 final
2002 — Chorak final (1/4)
2010, 2014, 2022 — 1/8 final
2026 — Mezbon sifatida yo‘llanma olgan
PARAGVAY (9-ishtirok)
Janubiy Amerikaning eng barqaror vakillaridan biri.
1986, 1998, 2002 — 1/8 final
2010 — Chorak final (1/4)
2026 — Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan
AVSTRALIYA (7-ishtirok)
"Kengurular" so‘nggi yillarda mundialning doimiy ishtirokchisiga aylanib ulgurishdi.
2006, 2022 — 1/8 final
1974, 2010, 2014, 2018 — Guruh bosqichi
2026 — Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan
TURKIYA (3-ishtirok)
Turklar kam ishtirok etgan bo‘lsa-da, har doim "syurpriz" qilishga qodir.
1954 — Guruh bosqichi
2002 — 3-o‘rin (Bronza medali) 🥉
2026 — Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan