Parij turnirida yosh sambochimiz sovrindor bo‘ldi
Fransiyaning Parij shahrida sambo bo‘yicha o‘tkazilgan "Gran-pri de Parij-2026" turniri doirasida O‘zbekiston va Fransiya sambo tashkilotlari rahbarlarining uchrashuvi o‘tkazildi.
Muloqot jarayonida O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, qo‘shma mashg‘ulotlar tizimini yo‘lga qo‘yish borasida o‘z takliflarini bildirdi.
16 ta mamlakatdan 150 nafardan ortiq sportchi qatnashgan qiziqarli bellashuvlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Habibulloh Alimov kichik o‘smirlar o‘rtasida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA