Para dzyudochilarimiz muvaffaqiyatlari
Misrning Qohira shahrida para dzyudo bo‘yicha IBSA Gran-prisining ilk kungi bellashuvlari doirasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Aniqrog‘i, vazni 70 kg. bo‘lgan Kemran Nurilloyev va Sherzod Namozov finalga qadar barcha raqiblarini yengdi hamda musobaqa g‘olibligi uchun o‘tgan final bellashuvida o‘zaro raqobatlashdi. Unda Kemran biroz omadli kurashdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Sherzod esa kumush medalga ega chiqdi. 81 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Shohrux Mamedov bronza medali bilan taqdirlandi.


Shuningdek, bugun yana to‘rt nafar hamyurtimiz –Muhammad Abduqulov, Asiljon Mamasiddiqov, Muharram Abdusamatova va Feruza Ergasheva Gran-pri musobaqasining medallari uchun kurash olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA