“Pahlavon”ning umidli sportchilari
Namangan shahridagi “Pahlavon” 3-olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida ayni paytda 829 nafar o‘g‘il-qiz sportning basketbol, yengil atletika, futbol, kurash, boks, badiiy gimnastika, shotokan karate-do, suzish va taekvondo turlari bo‘yicha mahorat sirlarini egallamoqda.

Sport maskanida umidli sportchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shotokan karate-do bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Muhammadsiddiq Abdumutalov ana shunday yoshlardan. U yaqinda Albaniyada shotokan karate-do bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida g‘oliblar qatoridan joy oldi.