"El-Nino" ta’sirida Tinch okeani harorati rekord darajada isigan
"El-Nino" iqlim hodisasi tufayli Tinch okeanidagi suv harorati birinchi marta 30 darajadan oshdi. Yaqinda barcha okeanlar uchun o‘rtacha sirt suv harorati 21,08 daraja Selsiyni tashkil etgandi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bunday harorat qayd etilishi ilgari hech qachon kuzatilmagan. 1997 va 2015-yillarda “super-hodisalar” ta’sirida okean harorati 29 darajaga yetgan edi.
Jahon meteorologiya tashkiloti Tinch okeanining markaziy va sharqiy qismidagi sirt harorati oktabr va dekabr oylari oralig‘ida yangi rekord darajaga ko‘tarilishini aytmoqda.
Bu jarayon 2027-yil fevraligacha davom etishi taxmin qilinmoqda.
S.Rahimov, O‘zA