Oziq-ovqat xavfsizligi va sun’iy go‘sht: insoniyatni nima kutyapti? +(video)
Dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi tobora dolzarb masalaga aylanmoqda. Iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat tanqisligi va sun’iy go‘sht texnologiyasi istiqboli haqida mutaxassis bilan suhbatlashdik. Muloqotimiz davomida global oziq-ovqat muammosi, laboratoriyada yetishtirilayotgan mahsulotning afzalligi, ehtimoliy xavfi va boshqa muhim jihatlar haqida so‘z yuritildi.
Ma’lumki, bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchilik, geosiyosiy mojarolar va logistikadagi muammolar ham oziq-ovqat ta’minotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga laboratoriya sharoitida yetishtirilayotgan sun’iy go‘sht, sut va boshqa mahsulotlar bilan bog‘liq mavzu ham keng muhokama qilinmoqda.
Yangi texnologiyalar haqiqatan insoniyatni ochlikdan qutqara oladimi? Sun’iy go‘shtning inson salomatligiga uzoq muddatli ta’siri qay darajada o‘rganilgan? Oziq-ovqat tanqisligi ishlab chiqarish sustligidanmi yoki adolatsiz taqsimotdan kelib chiqyaptimi?
YouTube sahifamizga marhamat!
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/HnGAYpVIQ2A?si=wPDzo59qsFONca5Y" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muallif: Fardona Yaxshiboyeva
Videomuhandis: Ulug‘bek To‘xtayev