Oziq-ovqat xavfsizligi talabi asosida
Samarqand viloyatida bugungi kunda 1 million 759 ming boş qoramol, 2 million 719 ming boş qöy-eçki, 31 ming boş ot, 16 milliondan ortiq parranda parvarişlanmoqda.
Viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boş boşqarmasi maʼlumotlariga köra, çorva va uy hayvonlarning yuqumli kasalliklariga qarşi mavsumiy emlaş tadbirlarini ötkaziş, epizootiyaga qarşi profilaktika tadbirlarini uyuşqoqlik bilan amalga oşiriş maqsadida 530 nafardan ortiq xodimlar jalb etilib, 83 ta guruh taşkil etilgan.
– Mazkur guruhlar tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” emlaş işlari taşkil etilgan, – deydi boşqarma masʼul xodimi Baxtigul Ğaniyeva. – Ötkazilgan kunlik tadbirlar tuman va viloyat ştablarida tahlil qilib borilmoqda. Belgilangan çora-tadbirlar rejasiga köra, 513 ming boş qoramol, 303 ming boş qöy-eçki oqsilga qarşi, 779 ming boş qoramol va 851 ming qöy-eçki kuydirgi kasalligiga qarşi emlandi. Bundan taşqari, yil boşidan buyon viloyat hududiga xorijdan olib kelingan 1 ming boşdan ortiq naslli qoramol, 950 boş qöy, göşt uçun 2 ming boş qoramol hamda 424 ming boş bir kunlik naslli jöja belgilangan tartibda körikdan ötkazilib, zarur çora-tadbirlar körilgan holda kiritilmoqda. Bugungi kunda viloyat hududida hayvonlarning öta xavfli yuqumli kasalliklaridan xoli, epizootik holatni barqaror saqlaş yuzasidan monitoring örnatilgan.
Viloyatdagi barça dehqon bozorlarida veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari faoliyat körsatmoqda va aholi isteʼmoli uçun savdoga çiqarilayotgan göşt va sut mahsulotlarining veterinariya jihatidan xavfsizligi doimiy örganilib, söngra sotişga ruxsat berilmoqda.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri